21.11.2013 12:22
Shahar telefoniga ulanish to`lovi vaqtincha bekor qilindi
Tarmoqqa ulanish to`lovi vaqtinchalik to`xtatilishi jismoniy shaxslarni jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.
Mazkur aksiya davrida aholi uchun simli abonentlik liniyasi bo`yicha telefon tarmog`iga ulanish «Telekommunikasiya universal xizmatlari uchun so`nggi tariflarning eng yuqori darajasi», shuningdek, «Umumiy foydalanishdagi telekommunikasiyalar tarmog`ida telefon aloqasi xizmatlarini ko`rsatish qoidalari»da belgilangan moddalariga muvofiq to`lov olinmay amalga oshiriladi.
Shu tariqa, aksiya davomida telefonlashtirilmagan va telefonlashtirilgan binolarda asosiy telefon apparati vositasida (operator tomonidan bir raqamni bir foydalanuvchiga ajratishda) simli abonentlik liniyasi bo`yicha telefon tarmog`iga ulanish bepul amalga oshiriladi.
Telefon tarmog`iga ulanish bilan bog`liq taqdim etiladiganboshqa xizmatlarga taalluqli emas. Batafsil ma`lumotlar bilan telekommunikasiyalar bog`lamalari abonentlik bo`limlarida tanishish mumkin.
Mazkur aksiya joriy yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.