Ma`lumki, 31 avgust kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi. Ushbu o`yin to`g`ridan-to`g`ri mundial yo`llanmasini qo`lga kiritish yo`lida o`zining dolzarbligi bilan ahamiyatli sanaladi.
31 avgust kuni soat 16:00 dan O`zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayramiga bag`ishlangan tadbir boshlanadi. Xitoy – O`zbekiston o`yini esa Toshkent vaqti bilan soat 17:00 ga belgilangan.
Terma jamoalar o`rtasidagi uchrashuv "Sport" telekanali orqali yozib olingan holda, bayram tantanalari tugashi bilan (soat 18:30 larda) efirga uzatilishi rejalashtirilgan, deb yozadi O`zbekiston 24 telekanali rasmiy sayti.
Eslatib o`tish kerak, efir vaqtiga o`zgartirishlar ham kiritilishi mumkin.
28.08.2017 16:16
XITOY – O`ZBEKISTON O`YINI JONLI NAMOYISh ETILMASLIGI MA`LUM BO`LDI
