21.11.2013 17:42
Erkaklar ayollarga qaraganda ko`proq yolg`on gapirishi aniqlandi
Ma`lum bo`lishicha, erkaklar kuniga uch marta noto`g`rigapirishga o`rgangan bo`lib, bu har yili 1092 ta holatga teng kelar ekan. Ayollarning bu boradagi ko`rchatkichi esa yiliga 728 ta holatni tashkil etgan. Olimlarning so`zlariga ko`ra, erkaklarning 30% yolg`on gapirayotgan paytda vijdon azobini chekmaydi. Bunda odamlar ko`proq o`z ota-onalariga yolg`on gapirishi, turmush o`rtoqlarini esa so`rovda qatnashganlarning 10% aldashi ma`lum bo`ldi.
Ayollarning 80% yolg`on gapirayotganida o`z aybini his qilar ekan. Aksariyat odamlar yaqin kishilarning his-tuyg`ularini jarohatlamaslik uchun yolg`on gapirishga tayyorligi qayd etiladi.
Ayollar tez-tez yolg`on gapirmasa ham, ularning yolg`oni erkaklarnikiga qaraganda o`tkirroq bo`lishi ta`kidlanadi. Olib borilgan tadqiqotlarga qaramasdan, yolg`onning tabiati hamon olimlarga noma`lum bo`lib qolmoqda.





