22.11.2013 10:41
Turkmaniston Prezidenti yurtimizga tashrif buyuradi
Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli, uni yanada rivojlantirish istiqbollari, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etiladi.
Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonotini qabul qilish,turli sohalarga oid ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash mo`ljallanmoqda.





