1

“Winamp” loyihasi 20 dekabrda yopiladi

Hi-tech 22.11.2013, 14:58
“Winamp” loyihasi 20 dekabrda yopiladi
Amerikaning AOL korporasiyasi “Winamp” loyihasi yopilgani haqida e`lon qildi.

Ushbu loyiha tarkibiga ommaviy mediapleer va qator musiqiy serverlar kiradi, deya xabar
beradi "The Next Web”.

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, “Winamp.com” sayti 20 dekabr kuni o`z faoliyatini to`xtatadi,
shu jumladan, mediapleerni yuklab olish mumkin bo`lgan sahifa ham yopiladi. Shu tarzda, “Winamp 5.66” versiyasi eng so`nggisiga aylanadi. Loyiha bosh direktori Jino Yoxem “Winamp” yopilishi haqidagi ma`lumotni tasdiqladi, biroq keyingi izohlardan bosh tortdi. Qayd etib o`tamiz, “Winamp” loyihasining taqdimoti 1997 yili o`tkazilgan. U talabalar Jastin Frenkel va Dmitriy Boldirev tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Frenkel “Nullsoft” kompaniyasini tashkil etadi, uni 1999 yilda “AOL” korporasiyasi 80 million dollarga sotib oladi. Ayni paytda 77 millionga yaqin kishi “Winamp” foydalanuvchilari hisoblanadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1