1

TELEFONINGIZNI TO`G`RI QUVVATLANTIRASIZMI?

Hi-tech 07.09.2017, 09:27
TELEFONINGIZNI TO`G`RI QUVVATLANTIRASIZMI?

1. Quvvatsizlanib qolmasin

Vositaning quvvati 0 foizga tushib qolishiga yo`l qo`ymang. Akkumulyatorning uzoq xizmat qilishi necha foiz quvvatlanganligiga bog`liq. Demak, quvvatlantirishi sikli qanchalik kam bo`lsa, akkumulyator shuncha uzoq xizmat qiladi. Mutaxassislar ekrandagi ko`rsatkich 50 foizdan tushib ketmasin deya maslahat berishmoqda. Quyidagi jadvalda telefonning xizmat qilish sikli va quvvatlantirish darajasi keltirilgan. Unga ko`ra quvvatlantirish darajasi qanchalik yuqori bo`lib, xizmat qilish sikli kam bo`lsa akkumulyator shuncha uzoq xizmat qiladi.

Quvattalnganlik darajasi

Xizmat qilish sikli

100% DoD

500

50 % DoD

1 500

25% DoD

2 500

10 % DoD

4 700


2. Elektr tarmog`ida qolib ketmasin

Ekrandagi ma`lumot 100 foizni ko`rsatib tursa ham, telefonni tarmoqdan uzmasangiz, moslamangiz tez orada ishdan chiqadi. Shuning uchun uni yotishdan avval tarmoqqa ulamang. Yaxshisi, telefonning quvvatini 40-80 foiz oralig`ida mo`tadil ushlashga harakat qiling.

3. Quvvatini oyda bir bor quvvat 0 gacha tushiring

Telefon ekranidagi quvvatni ko`rsatuvchi moslama to`g`ri ishlasin desangiz, haftada bir marta uni 0 foizgacha quvvatsizlantirib, so`ng 100 foizga etkazing.

4. Quvvatlantirish vaqtida gaplashish mumkinmi?

Aslida bu pallada uyali aloqa vositangizdan foydalansangiz bo`ladi, faqat quvvatlanish jarayoni biroz cho`ziladi. Lekin akkumulyatorning o`ziga ziyon etkazmaydi.

5. Moslamangizni qizib ketishdan asrang

Mutaxassislar telefon va noutbuk singari vositalar akkumulyatorining «umrini uzaytirish» uchun ularni qizib ketishdan asrash lozimligini ta`kidlashmoqda. Qiziy boshlaganini sezsangiz, o`chirib qo`yishga harkat qiling.

6. Telefondan foydalanmasangiz...

Agar uzoq muddat foydalanmasangiz, uni o`chirib, akkumulyatorini oling va salqinroq joyda saqlashga odatlaning.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1