AsosiyHidoyat sari

«MOL-MULKNI IJARAGA BERISh GUNOH EMASMI?»

'«MOL-MULKNI IJARAGA BERISh GUNOH EMASMI?»'ning rasmi

— Hozirgi paytda ijaraga berish orqali tirikchilik qilish holatlari ko`payib ketdi. Shariatda ijara to`g`risida qanday hukmlar bor?


Savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon ALIMOV javob berdi.

— Ijara — lug`atda ujra (haq, mo`zd) so`zining ismi (ot so`z turkumidagi shakli) bo`lib, yaxshi amalga loyiq bo`lgan mo`zd — haq degan ma`noni anglatadi. Shariatda ijara ma`lum manfaatning savdosi sifatida belgilangan bo`lib, o`z jinsi va turidan bo`lmagan narsalarni o`zaro almashtirish barobariga savdo qilmoqdir. Ya`ni, masalan, hovlini ijaraga berish barobariga ijarachidan hovli ijaraga olish to`g`ri emas, chunki ikkalasi bir xil jinsdan ekanligi sababli bu savdo ribo (foiz) olish hukmiga o`tadi. Agar biror hovli bir oyga ijaraga olinsa, garchi u hovlida o`tirmasa ham, bir oy o`tgandan keyin tayin qilingan haqini berishi lozim. Ijara savdosida ijaraga qo`yuvchi pulni oldindan olish huquqiga ega. Agar ijara vaqtida narxlar oshib ketsa, ijaraga qo`yuvchining qaytadan savdolashishga haqqi bo`ladi. Hovlini va erni ijaraga bergan kishi ijaraga olgan odamdan har kun uchun tegishli ijara haqi so`rab olmog`i mumkin.

    Boshqa yangiliklar