1

BRITANIYaLIKLAR YaNGI PROTEZ IXTIRO QILIShDI

Hi-tech 08.09.2017, 18:34
BRITANIYaLIKLAR YaNGI PROTEZ IXTIRO QILIShDI

Nuqson bilan tug`ilish eng achinarli holatlardan biri. Qo`l yoki oyoqsiz tug`ilish holatlari ham uchrab turadi. Bu nuqsonni va shu nuqsonga ega bo`lgan insonlarga Buyuk Britaniya Sog`liqni Saqlash boshqarmasi va Open Bionics kompaniyasi birgalikda Bris­tol shifoxonasida yangi protez qo`l va oyoq ixtiro qilishdi.

Masalan, qo`l hajmiga moslab aynan bitta bemor uchun maxsus 3D printerlarida protez qo`l tayyorlandi. Bu protezlarning boshqalaridan farqi shundaki, yangi ixtiro qilingan protezlar engil, xavfsiz va xuddi tana a`zosidek tez va aniq ishlaydi.

Protezlarni bemorning istagiga qarab turli ko`rinishlarda, bemorning o`z o`lchamiga moslab tayyorlab berish mumkin. Protezlar shu yilning sentyabr oyidan boshlab qo`yila boshlanadi. Uning narxi kattalar uchun 60 ming funt sterling bo`lishi taxmin qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1