AsosiyHi-tech

OLIMLAR ELEKTR O`TKAZUVChI MATO YaRATIShDI

'OLIMLAR ELEKTR O`TKAZUVChI MATO YaRATIShDI'ning rasmi

Elektrni asosan suyuqliklar, temir va simlar o`tkazadi. Ammo Massachusets universiteti­ olimlari elektr o`tkazuvchi mato yaratishga muyassar bo`lishdi...

U oddiy matodan farq qilmaydi lekin elektr o`tkazish quvvati xuddi sim va temirnikidek tez va kuchli. Olimlar bu ixtiroga tinimsiz izlanishlar natijasida erishishdi. U juda engil va xavfsizdir. Uni turli shakllarda bemalol egish va turli yuqori kuchlanishli elektr toklari tizimida foydalanish mumkin. Ixtiro yordamida smartfon va boshqa turdagi aloqa vositalarini zaryadlash maqsadlarida bemalol foydalanish imkoniyati bor. Tok o`tkazuvchi mato har qanday yuqori kuchlanishli elektr tokini ko`tara oladi, shu sababli undan ko`plab sohalarda unumli foydalansa bo`ladi.

Ixtirochilarning ta`kidlashlaricha, mazkur mato yaqin kunlarda o`z xaridorlariga ega bo`ladi. Chunki uning narxi juda hamyonbop bo`lib, uni sotib olish va undan foydalanishda hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi.

    Boshqa yangiliklar