Bugungi kunda zamonaviy supermarketlar tobora ko`payib bormoqda. “Amazon” sotuvchilik firmasi xaridorlar uchun yangi ixtironi amalga oshirishdi...
Bu ixtiro KNECT deb nomlanadi. Endi siz xarid qilmoqchi bo`lgan mahsulotlaringizni do`kon bo`ylab izlab yurib vaqtingizni behuda ketkazmaysiz. Barcha mahsulotlar haqidagi ma`lumotlar KNECT sensorli ekranga joylashtirilgan. Siz xarid qilmoqchi bo`lgan mahsulotingiz narxi, ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan sanasi, so`ragan mahsulotingiz qaerda va qaysi qatorda ekanligi kabi boshqa ma`lumotlarni KNECT orqali tez va oson bilib olishingiz mumkin. Bu esa xaridingizning tez va sifatli bo`lishini ta`minlaydi.
Mazkur ixtiro 1 oy sinovdan o`tkazilgan va u xaridorlarga juda manzur bo`lgan. G`oya mualliflari mazkur ixtironi yanada takomillashtirish ustida ishlayotganliklarini ta`kidlashmoqda. KNECT tez kunlarda ko`plab do`konlardan joy olib, xaridorlarga sifatli xizmat ko`rsatishi aytilmoqda. “Amazon” sotuvchilik firmasi xodimlarining so`zlariga ko`ra, shu 3 oy ichida dunyoning turli burchaklaridagi yirik supermarketlar bilan KNECT qurilmasini etkazib berish borasida shartnomalar imzolangan.






