1

YoVVOYI BOLA yoxud Tarzan qismati hayotda uchraganmi?

Mutolaa 09.09.2017, 23:49
YoVVOYI BOLA  yoxud Tarzan qismati hayotda uchraganmi?

«Qush uyasida ko`rganini qiladi» degan maqol barchamizga ma`lum. Ammo qushning uyasi bo`lmasa-chi? Yoki boshqa uya va yot sharoitda ulg`aysachi? Hech o`ylab ko`rganmisiz, insonlar parvarishida bo`lgan uy hayvonlari necha yillar o`tsa-da, inson mehriga o`rganadi ammo insoniy hech bir xislatni o`zlashtirmaydi. Ammo inson bolaligidan hayvonlar orasida ulg`aysa, uning hayvon darajasiga kelib qolishi haqiqatmi? Bugungi kunda «Tarzan» filmini tomosha qilmagan yoxud Tarzan va uning sevgilisi haqidagi multfilm va kompyuter o`yinlarini bilmagan ko`rmagan kishi bo`lmasa kerak?..

Ma`lumot

Tarzan – 1912 yil chikagolik yozuvchi Edgar Rays Berrouz (1875-1950) tomonidan o`ylab topilgan va 1914 yil chop etilgan asar qahramoni. 1934 yil asar AQSh “Metro-Goldwyn-Mayer» studiyasi tomonidan suratga olingan. Film byudjeti 1 279 142 mln dollarni tashkil etgan. Filmda tarzan obrazini aktyor Jonni Vaysmyuller yaratgan.

Darhaqiqat

Filmda insonlardan uzoqda, ya`ni o`rmonda hayvonlar orasida yashagan bolaning kechmishlari va ongidagi o`zgarishlari talqin qilinib, bola hayvonlarga xos jihatlarni o`zlashtirgani ular bilan til topisha olgani va shunda ham insonis tuyg`u – qalib saqlangani namoyish etilgan.

Bir e`tibor qiladigan bo`lsak, bu orqali bir haqiqat, ya`ni inson bolasi ulg`ayar ekan uning hayotida atrof-muhit ta`sirning naqadar muhimligi aks ettirilgan. Balki ushbu film voqealari to`qimadek tuyular, ammo Tarzan qismatiga yaqin inson bolasi hayoti haqiqatga yaqin... kattalarning hech qanday ta`sirisiz bolalar nimaga o`xshab qoladi?

Hayvonlikdan kecholmas bola...

1980 yil fransiyaning janubidagi Sen-Serin qishlog`ida o`rmondan g`alati maxluq chiqdi. U tik turib harakatlanganida 11-12 yoshli bola ekani aniqlangan bo`lsa-da, ko`proq hayvonga o`xshash holatlar kuzatilgan. Bola g`alati chinqiriqqa o`xshash ovoz chiqarardi. Shaxsiy gigiena to`g`risida hech qanday tasavvurga ham ega bo`lmay, qaerda xohlasa, o`sha erda bo`shanib ketaverardi.

Yovvoyi bolani mahalliy polisiyaga topshirib, etimxonaga joylashtirishadi. Dastlabki paytlarda bola u erdan bir necha bor qochishga uringan. Kiyim kiyishni xohlamay, echib uloqtirardi. Berilgan e`lonlar bo`ycha ham hech kim uni izlab kelmagan. Tibbiy tekshiruvlar bolani sog`lom deb topgan. Unga ko`zguni ko`rsatishganida u o`zini tanimagan. Bir kuni yovvoyi bola ko`zgudan ko`ringan kartoshkani olaman deb rosa uringan (aslida kartoshka uning orqasida edi). Ko`p urinishlardan so`ng axiri qo`lini orqaga uzatib, kartoshkani olishga muvofiq bo`ldi.

Buni kuzatib turgan tadqiqotchining aytishicha, bu kabi holatlar bolaning mutlaqo aql va fikr yuritishga qodir emasligini tasdiqlaydi. Bolada sezgi bo`lsada, uni o`rinli ishlata olmaydi. Keyinchalik bola Parijga olib kelinib, “hayvondan odamga aylantirish”ga muntazam harakat qilindi va bunga qisman erishildi. Gigiena qoidalari va kiyim kiyish bo`yicha ko`nikma hosil qilindi. Lekin uni hech bir o`yinchoqni o`ynashga qiziqishi uyg`onmagan. Shuningdek, inson nutqini o`rganishni sira istamasdi. Keyingi hayoti davomida ham bola hech bir natijaga erisha olmadi.

Qamal Jenini aqldan ozdirganmi?

Kaliforniyalik Jeni otasi tomonidan aqliy ojiz degan fikr bilan bir yarim yoshdan o`n uch yoshgacha atrof-muhitdan odamlardan ajratilib qulflangan xonada oyoq-qo`li bog`liq holda yashagan.

Shuningdek, beshafqat ota ko`zi ojizlashib borayotgan xotinini ham sira tashqariga chiqarmas, oilaning tashqi dunyo bilan aloqasi, bozor-o`charlar birgina maktabga qatnaydigan o`smir bola orqali amalga oshirilgan. Jenining tizza suyagi chiqib-kirib turgani uchun u yurishga o`rgana olmagan. U agar shovqin solsa va baqirsa, kaltaklanar, hatto uni hojatga borishga ham o`rgatishmagandi. Faqat tundagina uning arqondan bo`shatib, uyquga yotqizishgan. Jeni odamlar nutqini butunlay kam eshitgan.

Bir kuni onasi Jenini uydan olib qochib ketadi. Jeni tez orada davolanishga yotqizildi. Dastlab u cho`loqlanganga o`xshab harakatlanishni o`rgandi. Psixologlar qizga tashqi ta`sirlar oqibatida jamiyat va hayotga moslasha olmagan, odamga o`xshash ibtidoiy mavjudod deya tashxis qo`yishgan. Jeni hayotga qisman moslashtirildi, kiyinish, ovqatlanish kabi holatlar o`rgatildi.

Qiz deyarli jim yurar va ba`zan kulardi. Ovozi ba`na chinqiriqqa o`xshash g`alati chiqardi. Keyinchalik uni kasalxona shifokorlaridan biri qiz qilib oldi va ko`plab so`zlarni o`rgatdi. Shunga qaramay Jeni so`zlarni va fikrlarini go`yo 2-3 yoshli bola kabi sodda ifodalay olgan, xolos.

Olimlarning fikricha...

Til va ifodalarni o`rganishda shunday bir “chegara” borki, ayni o`sha davrda orttirilgan jihat inson kelajagiga qattiq ta`sir etar ekan. Ayniqsa bu jarayon ota-onalar ta`sirida tez va shiddat bilan o`zlashtirib olinar ekan. Insonda avvalo fikr taqlid va o`zlashtirish kabi oliy qobiliyatlar bor ekan, demak, uni yoshligidan ezgu amallarga mehr va e`tibor bilan yo`naltirish lozim. Yana o`sha yovvoyi Tarzan haqidagi fikrlarga qaytadigan bo`lsak, u insonlardan yiroq hayvonlarga yaqin jamoada ulg`aygan bo`lsa ham o`ziga xos jihatlari bilan ajralib turardi.

Demak, inson qanday muhit va sharoitda yashamasin, agar unda qalb atalmish tuyg`u shakllanmasa, hech qachon u inson sifatiga qo`shila olmasligi aynan o`sha biz sevib tomosha qiladigan Tarzan obrazi orqali ham e`tirof etilgan desak, adashmagan bo`lamiz.

Abdulaziz RUSTAM o`g`li




Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1