“Selfi” ishqibozlari uchun “Sony” kompaniyasi ajoyib syurpriz tayyorlamoqda...
Mutaxassislar “Selfi”ga qarab, inson his-tuyg`ularini aniqlash texnologiyasini yaratishdi. Smartfon yoki raqamli fotoapparatda olingan suratlarning barchasi maxsus bo`limga yuboriladi. U erda suratlar qayta ishlanadi, kompyuter ularga qarab, suratdagi insonning kayfiyatini aniqlaydi va taqsimlab chiqadi.
Keyin siz o`z suratlaringizni holatingizga qarab o`zgartirish imkoniga ega bo`lasiz. Masalan, siz qaysi holatdagi rasmlaringizni tomosha qilmoqchisiz: xursand, ma`yus yoki qo`rquv paytidagilarinimi? Bu tizim hatto sizning tushlaringizni ham o`rganib chiqadi.
Buning uchun kamera kechasi bilan sizning uxlagan paytdagi holatingizni suratga olib chiqishi kerak.






