1

Amerikalik fuqaro shippakda 160 km masofaga yugurdi

Dunyo 25.11.2013, 15:24
Amerikalik fuqaro shippakda 160 km masofaga yugurdi
Ishqiboz sportchi Endryu Fifta-Lamb 160 kilometrlik ultramarafonni ikki dollarga sotib olgan shippaklarida bosib o`tdi.

Ma`lum bo`lishicha, sportchi ularni yugurish oldidan xarid qilgan ekan.

"Asosiy maqsadim – odamlarni ilhomlantirish, - deydi Fifta-Lamb. – Meni ko`rib, marafon va, hatto, ultramarafonni bosib o`tish uchun ko`p pul va qimmat sport kiyimi kerak emasligini ko`pchilik tushunib etadi, deb o`ylayman.

Ushbu sport turi uydan nimada chiqsang, shunday yugurishing mumkinligi bilan ham ajoyib. Buning ustiga men oldin ham 100 kilometrdan ortiq masofani qulay krossovkalarda bosib
o`tishga harakat qilganman. Xo`sh, nima bo`pti, dersiz? 40-50 kilometrdan keyin oyoq kaftlarim va tizzalarim og`riy boshladi. Shunda kimdir menga qulay shippaklarda yugurishni maslahat berdi – mana bir necha oydan buyon krossovka kiymayapman”.

Eslatib o`tamiz, bundan bir yil oldin kanadalik Adam Kempbell ishbilarmonlar kostyumida marafon masofasiga yugurib, shunday kiyimda yugurishni ma`qul ko`radigan stayerlar orasida jahon rekordini o`rnatgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1