1

Muhandislar mo``jizaviy parmani ishlab chiqdi (VIDEO)

Dunyo 25.11.2013, 17:52
Muhandislar mo``jizaviy parmani ishlab chiqdi (VIDEO)
Massachusets texnologiya instituti muhandislari har bir kishiga mohir haykaltarosh bo`lish imkonini beradigan qo`l mashinasini ishlab chiqdi.

Ushbu mashina 3D-printer kabi maxsus dasturiy ta`minot yordamida qilingan hajmli modelni qo`llaydi. Ammo u hech nimani bosib chiqarmaydi, aksincha ortiqcha materialni olib tashlaydi.
Kompyuter harakat datchiklari va magnitli kuzatish tizimidan foydalangan holda asbobni nima qilishi kerakligi haqida aniq xabardor qiladi. Sensorlar esa dasturiy ta`minotga parma yarim mahsulotning qaerida turganini tushunish va u keraksiz joyga borib qolganida to`xtatish imkonini beradi. Shu tarzda, biror xatolikka yo`l qo`yish va biror narsani buzib qo`yishning iloji bo`lmaydi, deb yozadi "Kompyuterra.ru".
Bundan tashqari, bitta loyiha ustida bir necha kishi ham ishlashi mumkin bo`ladi, biroq natijalar, albatta, turlicha chiqadi, chunki qo`llar harakatini to`liq takrorlashning imkoni
yo`q. 3D-printer yordamida bosib chiqarilgan modellar esa deyarli bir xil ko`rinishga
ega bo`ladi. 

<Center><iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/krRTZqFFn6c" frameborder="0" allowfullscreen></iframe></center>

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1