1

“TURK DUNYoSIDA YILNING ADABIYoT KIShISI” – O`ZBEKISTON XALQ ShOIRI ShUKRULLO!

Madaniyat 13.09.2017, 15:11
“TURK DUNYoSIDA YILNING ADABIYoT KIShISI” – O`ZBEKISTON XALQ ShOIRI ShUKRULLO!

Turk dunyosining 2017 yildagi madaniy poytaxti Turkiston shahrida bo`lib o`tayotgan “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi”da Evrosiyo Yozuvchilar uyushmasining “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi 2016” mukofoti buyuk o`zbek shoiri va yozuvchisi Shukrulloga taqdim etildi.

“Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi” mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va usta shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2011 yili Ali Oqbosh (Turkiya), 2012 yili Anor (Ozarbayjon), 2013 yili To`len Abdik (Qozog`iston), 2014 yili Ismoil Bo`zqurt (Kipr), 2015 yili Umar Sultonov (Qirg`iziston) sazovor bo`lgan.

Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug`ilgan.

\O`zbekiston xalq shoiri (1981). O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935— 38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944).

Ilk she`rlar to`plami — «Birinchi daftar» (1949). «Qalb qo`shiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boricha» (1960), «Inson va yaxshilik» (1961), «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «To`qilgan dardlarim» (2001), «Shafaq» (2007) va boshqa she`riy asarlar muallifi. Ko`plab dostonlar («Asr bahsi», 1985), bolalarga atalgan she`r va ertaklar («Yulduzlar, 1964) hamda she`riy dramalar («Hasrat bog`i», 2004) yozgan. «Javohirlar sandig`i» (1983) essesi, katag`on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko`milganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi ham bor. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do`stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do`stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1