26.11.2013 12:20
AQSh Eronning $8 mlrdli aktivlarini bo`shatdi
Bu haqda IRNA agentligi Eron hukumatining vakili Muhammad Baqir Nubaxtning bayonotiga tayangan holda xabar qiladi.
Bu Jenevada yadro muammosi bo`yicha kelishuvga erishilganidan keyin yuz berdi.
Eslatib o`tamiz, yakshanba kuni Tehron va “oltilik” davlatlarining (Rossiya, AQSh, Xitoy, Britaniya, Fransiya, Germaniya) TIV rahbarlari Jenevadagi muzokaralar yakunlari bo`yicha
kelishuvga erishdi. Unga ko`ra, Eron o`zining yadroviy dasturi doirasidagi shlarni qisqartiradi, xalqaro ekspertlarga batafsil tekshirish uchun imkoniyat yaratadi, mamlakatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar esa yumshatiladi.
Bitimning birinchi bosqichini amalga oshirish yarim yilga mo`ljallangan. Ushbu davr ichida Eron o`zining yadro dasturini muzlatadi, AQSh va EI esa Tehronga nisbatan qo`llanilgan sanksiyalarni yumshatadi. Shuningdek, ushbu davr Eronning tinch maqsadlardagi yadro faoliyati uchun talab etiladigan parametrlar haqida uzil-kesil kelishuvlarga erishish maqsadida muzokaralarni davom ettirishga ham bag`ishlanadi.