AsosiySport

"PAXTAKOR" VA "ShO`RTAN" UChRAShUVIDA 2 TA IPHONE 7 HAM O`YNALADI

'"PAXTAKOR" VA "ShO`RTAN" UChRAShUVIDA 2 TA IPHONE 7 HAM O`YNALADI'ning rasmi

16 sentyabr kuni oliy liganing 21-turida "Paxtakor" "Sho`rtan"ni qabul qiladi.

O`yinni raqib jamoadan Ruslan Melziddinov diskvalifikasiya tufayli o`tkazib yuboradi. "Paxtakor"da bunday yo`qotish mavjud emas.

Oliy ligada jamoalar o`zaro 23 bor to`qnash kelishgan. "Paxtakor" 18 g`alabaga erishgan, 2 durang qayd etgan va 3 marta mag`lubiyatga uchragan. Raqib darvozasiga 60 gol urilib, 20 to`p o`tkazib yuborilgan. Toshkentdagi 11 bellashuvda 10 g`alaba va 1 durang kuzatilgan. Birinchi davrada G`uzorda "Sho`rtan" 3:0 hisobida zafar quchgandi.

Hasan Ro`ziev "Paxtakor" va "Sho`rtan" o`rtasidagi bellashuvni boshqarib boradi. Yordamchi hakamlar vazifasini Sardor Hakimov va Sherzod Kamarov bajaradi. To`rtinchi hakam sifatida Shavkat Nasibullaev ishlaydi.

"PAXTAKOR" - "ShO`RTAN"

Hakamlar: Hasan Ro`ziev (Toshkent), Sardor Hakimov (Samarqand), Sherzod Kamarov (Samarqand), Shavkat Nasibullaev (Namangan).

Nazoratchi: Ibrohim Sharipov (Buxoro).

O`zPFL vakili: Sherzod Rajabov.

Yoshlar jamoalari o`yini 15 sentyabr, juma kuni 16:30da "Jar" stadioni kichik maydonida boshlanadi. Asosiy tarkiblar uchrashuvi 16 sentyabr, shanba kuni "Paxtakor" stadionida 19:00da start oladi.

    Boshqa yangiliklar