AsosiySport

Braziliyalik darvozabon Pelening yutug`ini ortda qoldirdi

Braziliyaning  “San-Paulu” jamoasi darvozaboni Rojerio Seni klublar uchun o`yinlar soni bo`yicha futbol qiroli Pelening yutug`ini ortda qoldirdi.

Pele “Santos” futbolkasida 1116 ta uchrashuvni o`tkazgan bo`lsa, yakshanba kuni Seni “San-Paulu” jamoasi uchun 1117-o`yinni o`tkazdi.

"Zamonaviy futbolda mingta o`yinni o`tkazishning o`zi oson emas. Bitta jamoada o`ynash-o`ynamasligingdan qat`i nazar, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Nima bo`lganda ham bu tarixiy fakt”, - deydi 40 yoshli darvozabon.

“San-Paulu” jamoasida 1992 yildan buyon o`ynaydigan Seni uch bora Braziliya chempionatida, ikki marta Libertadores kubogida (Evropa Chempionlar ligasining analogi), bir marta
klublar o`rtasidagi jahon chempionatida g`alaba qozongan.

    Boshqa yangiliklar