AsosiyHi-tech

KELAJAK SAMOLYoTLARI

'KELAJAK SAMOLYoTLARI'ning rasmi

Har bir samolyot yo`lovchisi samolyotda o`zining qulay shaxsiy o`rindig`i bo`lishini, oyoq-qo`lini bemalol uzatgancha, manziliga etishni orzu qiladi. Ayni paytda aviakonstruktorlar samolyotda uzoq vaqt parvozni amalga oshiruvchi sayohatchilar uchun qulay sharoitlari mavjud bo`lgan samolyotni ixtiro qilish uchun bosh qotirmoqdalar. Quyida sizga hozircha xayolot bo`lib tuyuladigan, aviainterteynment yangiliklari bilan tanishtiramiz.

O`YIN UChUN MAXSUS MARKAZ Aksariyat aviakompaniyalar yo`lovchilar uchun barcha telefon xabarlarini Feysbuk orqali yuborishadi. Ammo ularning ba`zilari aviaqurilishning ilg`or tendensiyalarini qo`llab, har qanday gadjetning internetga ulanishi talab etmaydigan samolyotning ichki lokal tarmog`i orqali ishlashini yo`lga qo`ygan. Bu tarmoq orqali turli o`yinlarni ham o`ynash mumkin.

INTERNET O`RNIGA VIRTUAL VOQELIK Parvoz davomida yo`lovchilar aksariyat hollarda Netflix yoki Amazon ko`ngilochar portalidan foydalanishadi. Ko`pchilik aviakompaniyalar buning oldini olishni istashadi, ammo uning o`rnini bosuvchi biror narsa o`ylab topishga kelganda, sukut saqlashni lozim topishadi. Ammo Air France / KLMning Transavia — loukosteri va Avstraliya Qantas yuk tashuvchi samolyoti hamon virtual voqelikni parvozdagi an`anaviy vosita imkoniyatlaridan biri deb hisoblab kelmoqda.

KINOTEATRDAGI KABI O`RINDIQ Italiyaning Aviointeriors kompaniyasi hech kim o`tirmagan paytda yig`ib qo`yiladigan maxsus o`rindiqlarni ishlab chiqarishni niyat qilgan. Ekonom-klasslar uchun mo`ljallangan bu o`rindiqlar odatdagi samolyot o`rindiqlaridan ingichkaligi bilan farq qiladi va kinoteatrlardagi o`rindiqlarni eslatadi. Bunday o`rindiqda o`tirib, film tomosha qilgan yo`lovchi o`zini samolyotda yarim sayyorani uchib o`tgan odam deb emas, kinoteatrda o`tirib qiziqarli kino ko`rgan tomoshabinday his qiladi.

    Boshqa yangiliklar