27.11.2013 11:37
Asal Shodieva nega kinoni tark etmoqchi?
Aktrisa bilan bo`lgan suhbatda u kinoni tark ketishini ma`lum qildi.
“Kinodan ketishga meni hech kim majburlagani yo`q, o`z xohishimga ko`ra bu sohani tark etyapman.
Ijro etgan rollarim orqali tomoshabinlarga oz bo`lsada to`g`ri yo`l ko`rsatganim, millionlab muxlislarga quvonch ulashib, ularga madaniy hordiq va estetik zavq beradigan soha bilan shug`ullanganimdan faxrlanaman. Shu fursatdan foydalanib, kinoda o`z yordamini ayamagan kasbdoshlarimga ham minnatdorchilik bildiraman! Muxlislarimga esa eng samimiy tilaklarim va muhabbatimni san`atim orqali bera olganimdan baxtliman!”
Aktrisa bunday qarorga kelishiga nima sabab bo`lgani, kelgusi hayotidagi rejalari, turmush
o`rtog`ini tanlashda nimalarga e`tibor berishi va shaxsiy hayoti haqidagi qiziqarli
ma`lumotlari to`g`risida intervyu berdi. Ushbu suxbat bilan “Darakchi”ning yangi sonida tanishish mumkin.





