AsosiySUG'DIYONA

"UZUMZOR" PIROGI

'"UZUMZOR" PIROGI'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 500 gr. qora uzum, 400 gr. un, 250 gr. shakar, 180 gr. sariyog`, 150 ml. sut,4 dona tuxum, 1 dona limon, 1 choy qoshiq xamiryumshatgi, 1 gr. vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Uzum mevasini donalarga ajrating. Limon po`stini qirg`ichdan o`tkazing.

2. Tuxumni shakar bilan ko`pirtiring. Xona haroratidagi sariyog` va sutni navbatma-navbat qo`shing.

3. Un, xamiryumshatgich, vanilin va limon qirindisini solib, aralashtiring va 10 daqiqa qoldiring.

4. Aylana shakldagi qolipni sariyog` bilan yog`lab, xamirni soling.

5. Ichiga uzum donalarini soling-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga qand upasi seping.

12 kishilik

1 soatu 20 daqiqa.

Boshqa yangiliklar