27.11.2013 14:56
Obama MXA rahbarini ishdan bo`shatishdan bosh tortdi
Bundan oldin maxsus xizmat rahbari ushbu lavozimda ishlash muddatini uch marta uzaytirgan bo`lib, 2014 yil bahorida iste`foga chiqishni rejalashtirayotgan edi.
AQSh prezidenti ma`muriyati Aleksanderning iste`fo borasidagi so`rovini rad etdi, ammo bu qaror bir ovozdan qabul qilingani yo`q. Oq uydagilarning ko`pchiligi u baribir ketishi
kerak, degan fikrda. AQSh MXA matbuot kotibi Veni Vayns o`z rahbarining telefon suhbatlari yashirin tinglangani uchun yuzaga kelgan mojaro tufayli ketmayotganini bildirdi.
Qayd etib o`tamiz, Kit Aleksander AQSh MXA rahbari lavozimida 2005 yildan buyon ishlaydi. Jon Inglis esa 2006 yildan uning o`rinbosari hisoblanadi. Ularning qo`sh ketishi AQSh prezidentiga agentlikda hozirgi kun voqeliklariga mos ravishdagi islohotni o`tkazish hamda MXA va AQSh HHKning Kibernetika qo`mondonligi kelajakda alohida rahbarlarga ega bo`lish-bo`lmasligiga aniqlik kiritish imkonini bergan bo`lardi, deya yozadi “Russia Today”.