AsosiyJamiyat

Yangi Chevrolet Lacetti necha puldan sotilyapti?

22 noyabr kuni poytaxtimizdagi Driver`s Village dilerlik markazida yangilangan Lacettia avtomobilining taqdimoti o`tkazilganligi haqida [url=http://darakchi.uz/article/267]xabar bergan edik.
 
Hozirda avtosalonlarda ushbu Gentra'ning istalgan komplektasiyalari uchun shartnomalar imzolanmoqda. Shu kunlarda yangi mashina uchun tuzilgan shartnomaga asosan, uning 2-darajasini 2014 yilning iyun oylarida, 3-darajasini esa avgust oylarida olish mumkin bo`ladi.
 
Uz24.uz xabar berishicha, o`rtacha komplektasiyali Gentra (CDX M/T C60 AJ3PG9 B18 JL9 T96) narxi 44 333 540 so`m, 3- darajadagi avtomobil narxi esa (CDX M/T C60 AJ3PG9 B18 JL9 T96 UK3 CF5) - 62 582 010 so`m turadi.

Salondan ma`lum qilishlaricha, ayni vaqtda faqat yangi modeldagi Lasetti uchun shartnomalar tuzilmoqda. Keyingi yildan boshlab Lasettining eski modeli uchun pul to`laganlarga ham yangi modellar taklif qilinadi.
 

    Boshqa yangiliklar