1

Shifo maslahat: “KO`P ShOKOLAD EYIShNING ZARARI YO`QMI?”

Salomatlik 19.09.2017, 08:02
Shifo maslahat: “KO`P ShOKOLAD EYIShNING ZARARI YO`QMI?”

— Shirinliklar savdosi bilan shug`ullanganim bois kun davomida shokolad, konfetlarni ko`p iste`mol qilaman. Asli kichikligimdan shirinlikka o`chman. Biroq bu odatning sog`liqqa zarari bor, deyishadi. Haqiqatan ham shundaymi?

Begzod Asqarov, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shikofor-terapevt:

— Har qanday mahsulot me`yorda iste`mol qilinishi lozim. Xususan shirinliklar ham. Ortiqcha tanovul qilingan shirinlik ortiqcha vaznga olib keladi. Bu esa qandli diabetga moyillikni paydo qilishi mumkin. Shuningdek, miqdori nazorat qilinmagan shirinliklar oshqozon osti bezi faoliyatiga ham nojo`ya ta`sir ko`rsatadi. Tish kasalliklari, tomirlar holatiga ham salbiy oqibatlari bo`lishi mumkin. Erkaklar uchun shirin mahsulotlar miqdori sutkasiga 150 k.kaloriy, ya`ni 9 choy qoshiq shakar bo`lsa, ayollar uchun 100 kkal, 6 choy qoshiqni tashkil etadi. Faol jismoniy harakatda bo`lgan hamda aqliy mehnat talab qilinadigan kasb egalari shirinlik miqdorini salgina ko`paytirishlari mumkin. Kamharakat insonlar esa aksincha, shirinlik iste`molini kamaytirishlari tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1