1

BMT: 2025 yilga kelib, sut faqat badavlat kishilarning ne`matiga aylanadi

Dunyo 27.11.2013, 17:17
BMT: 2025 yilga kelib, sut faqat badavlat kishilarning ne`matiga aylanadi
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo`jalik tashkiloti aholi tuya, lama,bug`u, eshak, echki va boshqa hayvonlarning sutini faolroq iste`mol qilishi kerak deb hisoblamoqda.

Bu haqda “Oziqlanishda sut va sut mahsulotlarining roli”kitobida so`z boradi.

Bunday tavsiyalaran`anaviy sigir suti va sut mahsulotlarining qimmatlashishi bilan bog`liq. 2025 yilga kelib, sut iste`mol qilish to`rtdan bir qismga oshadi, biroq uni faqat aholining ta`minlangan qatlamlarigina iste`mol qilishi mumkin bo`ladi.

Ekspertlarning so`zlariga ko`ra, boshqa hayvonlarning suti ham shunday oziq moddalarga boy, qator holatlarda esa ularda laktoza miqdori kam bo`lib, bunday sutni allergiyasi bor odamlar ham ichishi mumkin.

Shu yil bahorda BMT sayyora aholisiga oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi chuqurlashayotgani bois hashoratlarni iste`mol qilishni boshlashni tavsiya etgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1