1

«OILAM BUZILIShINI ISTAMAYMAN...»

Savol-javob 19.09.2017, 17:17
«OILAM BUZILIShINI ISTAMAYMAN...»

-Turmush qurayotganimizda «ZAGS»dan o`tish uchun barcha hujjatlarni topshirganmiz. Tibbiy ko`riklardan ham o`tganmiz. Biroq qaynotam «Avval mening sinovimdan o`tadi» deb, «ZAGS»dan o`tishimizga qo`ymagan. Farzandim tug`ilganida esa bolamga o`zining ismini familiya qilib bergan. Hozir ayrim sabablarga ko`ra ota uyimdaman. Shunga ham etti oy bo`ldi. Erim bilan munosabatlarimiz yaxshi, oilamiz buzilishini istamaymiz. Ammo sharoit... Xullas, o`g`limning nasabini o`zgartirish va farzandim uchun uy-joy talab qilishim mumkin-yo`qmi, shuni bilmoqchi edim. Kelin bo`lib tushgan xonadonim marhum qaynonamning nomida. Erimning uyidagilar «ZAGSi bo`lmagani uchun uy talab qilolmaydi» deyishayapti

Saida Musaeva, Toshkent shahri

-Voyaga etmagan farzandning nasabi ota-onasining xohishi va roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin. Turar-joy masalasiga kelsak, qaynotangiz o`z egaligidagi uyni o`z istagi bo`yicha sotishi, hadya qilishi, almashtirishi, vafotidan keyin foydalanishlari uchun vasiyat qilib qoldirishi mumkin. Siz va farzandingiz esa nikohingiz qonuniy ro`yhatdan o`tkazilmagan bo`lsa-da, qaynotangiz tomonidan o`z uyiga o`g`lining oila a`zosi sifatida qabul qilinganligingiz, sizda ushbu uydan foydalanish huquqini yuzaga keltirgan. Shu sababdan mulkdorning roziligi mavjud bo`lmagan holatda mulk joylashgan hududdagi fuqarolik sudiga turar-joydan foydalanish huquqini belgilash haqida da`vo arizasi bilan murojaat etishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1