1

Har yili 15 yoshgacha bo`lgan 2 mln qiz ona bo`ladi

Jamiyat 28.11.2013, 11:04
Har yili 15 yoshgacha bo`lgan 2 mln qiz ona bo`ladi
O`zbekiston Milliy matbuot markazida BMT Aholishunoslik jamg`armasi – UNFPA tomonidan jahon mamlakatlarida aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash, erta turmushga chiqishning oldini olish, voyaga etmaganlarga nikoh o`qitish holatlariga barham berish borasida olib borilayotgan ishlarning yillik hisobot-taqdimotiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
 
Anjumanda O`zbekistonda qizlarni erta turmushga uzatish, voyaga etmasdan nikoh o`qitish holatlariga barham berish borasida barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, ta`lim va sog`liqni saqlash muassasalari, diniy idoralar va boshqa tashkilotlarning o`zaro hamkorligi izchil yo`lga qo`yilgani alohida qayd etildi.
 
BMT Aholishunoslik jamg`armasining O`zbekistondagi vakili Karl Kulessa O`zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish, barkamol avlodni tarbiyalash, oilalar farovonligini ta`minlash, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, voyaga etmasdan nikoh o`qitish holatlariga barham berish kabi masalalar davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida belgilanganligini ta`kidladi
 
Ma`lumotlarga qaraganda, erta nikohlar va ular bilan bog`liq holda yuzaga keladigan erta homiladorlik global muammo hisoblanadi: rivojlanayotgan mamlakatlarda har kuni 18 yoshga to`lmagan 20 000 qiz ona bo`lmoqda. Umuman olganda har yili ona bo`layotgan 7,3 mln. o`smir qizlarning 2 mln. nafari ya`ni 15 yoshgacha bo`lgan qizlar va aynan mana shu yosh guruhlari, erta homiladorlik bilan, shu jumladan onalar o`limi bilan bog`liq juda og`ir tibbiy va ijtimoiy oqibatlardan aziyat chekmoqda.
 
BMT Aholishunoslik jamg`armasi 1993 yildan buyon mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, yuqumli kasalliklar profilaktikasiga ko`maklashish kabi qator xayrli ishlarga o`z hissasini qo`shib kelmoqda. UNFPA aholishunoslik dasturlarini hayotga tatbiq etish, sog`liqni saqlash bo`yicha milliy tizim samaradorligini oshirish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, atrof-muhit musaffoligini ta`minlash kabi masalalarda ham mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1