1

Toshkent ShHTga a`zo hukumat rahbarlarini qabul qiladi

Jamiyat 28.11.2013, 11:44
Toshkent ShHTga a`zo hukumat rahbarlarini qabul qiladi
Toshkent shahrida 2013 yil 29 noyabr kuni Shanxay hamkorliktashkilotiga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining o`n ikkinchi majlisi bo`lib o`tadi.
 
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuotxizmatida xabar berishlaricha, unda Qozog`iston Respublikasi Bosh vaziri S.Ahmetov, Xitoy Xalq RespublikasiDavlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan, Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri J.Sotiboldiev, Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisi D.Medvedev, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri K.Rasulzoda, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev, ShHT Bosh kotibi D.Mezensev, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo`mitasi direktori Chjan Sinfen, ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi va ShHT Banklararo birlashmasi kengashi raislari ishtirok etadilar.
 
Majlisda ShHTda kuzatuvchi davlatlar vakillari – Afg`oniston Islom Respublikasi ikkinchi vise-prezidenti M.Haliliy, Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari S.Singx, Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri M.Ne`matzoda, Mo`g`uliston Bosh vazirining o`rinbosari D.Terbishdagva, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining milliy xavfsizlik va tashqi ishlar bo`yicha maslahatchisi S.Aziz, shuningdek, hamkor xalqaro tashkilotlar vakillari – BMT Bosh kotibi o`rinbosari – BMT ESKATO ijrochi kotibi N.Xeyzer, ASEAN Bosh kotibi o`rinbosari Nyan Lin, MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – ijrochi kotibi S.Lebedev qatnashadi.
 
Majlisda ShHTga a`zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashining Tashkilot doirasida savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda yanada mustahkamlash chora-tadbirlariga oid qarorlari ijrosining borishi, shuningdek, ShHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyatiga oid ma`ruzalar tinglanishi rejalashtirilmoqda.
 
Hukumat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Qo`shma bayonot va qator boshqa hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1