1

​"O`ZBEKKINO" BADIIY KENGAShINING YaNGI TARKIBI TUZILDI

Madaniyat 20.09.2017, 17:17
​"O`ZBEKKINO" BADIIY KENGAShINING YaNGI TARKIBI TUZILDI

19 sentyabr kuni "O`zbekkino" Milliy agentligi Badiiy kengashining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda dastlab agentlikning yangilangan Badiiy kengashi Nizomi loyihasi muhokama qilindi. Ishtirokchilar Badiiy kengashning 15 kishidan iborat yangi tarkibi bilan tanishdilar va bir ovozdan tasdiqladilar.

Badiiy kengashning raisi sifatida Shuhrat Rizaev tanlandi.

Kengash a`zolari - Muhammadjon Quronov, Mavzur Mahmudov, Nigora Karimova, Abduqayum Yo`ldoshev, Nazar Eshonqul, Erkin A`zam, Jahongir Qosimov, Bahrom Usmonov, Jahongir Ahmedov, Rustam Sa`diev, Shuhrat Mahmudov, Feruza Fayzieva, Maqsud Abilov.

Kengash kotibi - Feruza To`raxo`jaeva.

Shuningdek, yig`ilishda qator tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig`ilish yakunida "Ona yurtning bag`ridan - zuvolasi" (Husan Sharipov hayoti va ijodiga bag`ishlangan), "Hasanboy Do`stmatov", "Komiljon Otaniyozov" nomli hujjatli filmlar hamda "Kenja botir" multfilmining ko`rigi va muhokamasi bo`lib o`tdi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1