1

Umar Shamsiev lisenziyasiz kuylashda ayblandi

Shou-biznes 28.11.2013, 15:02
Umar Shamsiev lisenziyasiz kuylashda ayblandi
Kuni kecha taxririyatimizga Umar Shamsiev to`ylarda lisenziyasiz qo`shiq kuylayotgani haqida xabar kelib tushdi.

Holatga oydinlik kiritish yuzasidan xonanda bilan bog`landik.

“Muxlisimiz mening lisenziyam bor yo`qligini bilmasdan noto`g`ri ma`lumot beribdilar. Yaqinda bir to`yda qo`shiq aytayotganimda tegishli tashkilotlardan lisenziyam bor yo`qligini tekshirgani kelib qolishdi, men esa tabiiyki ularga lisenziyamni ko`rsatdim. Odamlar shu vaziyatni ko`rib noto`g`ri tushunishgan ko`rinishadi”.

Rejalari haqida to`xtalar ekan Shamsiev bahor oylarida “Istiqlol” san`at saroyida bo`ladigan yangi konsert dasturiga tayyorgarlik ko`rayotganini ma`lum qildi. Kelasi hafta esa uning yangi “Seni deya” nomli qo`shig`iga klip suratga olish ishlari boshlanadi. Xonanda endilikda milliy qo`shiqlardan biroz chetlashib zamonaviy disko uslubidagi musiqalarlarga e`tiborini qaratgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1