Evgeniy Yakushning aytishicha, ushbu tryuk Van Damm “Volvo” yuk mashinalari reklamasida bajarganidan ham xavfliroq bo`lgan. Zamonaviy yuk mashinalaridan farqli o`laroq, 1961 va 1969 yillarda chiqarilgan “Zaporojes” avtomobillarida kurs stabilizasiyasi yo`q, shuningdek, Yakush oyoqlar uchun “straxovka”dan foydalanmagan, buning ustiga yomg`irdan keyin mashina va yo`lning o`zi sirpanchiq bo`lgan.
Grodno shahrida raqs studiyasiga rahbarlik qiluvchi Yakush, Van Damm kabi ko`ndalang emas, balki qo`li bilan avtomobil kuzoviga tayangan holda bo`ylama shpagatga turib, ushbu tryukni biroz soddalashtirishga muvaffaq bo`lgan.
Qayd etib o`tamiz, aktyor Jan-Klod Van Damm tomonidan “Volvo” yuk mashinalarining "Dynamic Drive Steering” boshqaruv tizimi ishonchliligini namoyish etish uchun bajarilgan shpagatni
aks ettiruvchi videorolik “YouTube” servisida 52 milliondan ziyod marta tomosha qilingan.