28.11.2013 18:05
Pekinda qora tutunga qarshi kurashish yo`lini topishdi
Ijtimoiy va ekologik masalalar bo`yicha institut direktori Ma Szyunning “Guardian” nashrida keltirilgan so`zlariga ko`ra, shaharliklar ko`chadagi manqallardan kelayotgan hid va tutundan ko`p marta shikoyat qilgan. Ammo ekologning qayd etishicha, havoning ifloslanishiga qarshi kurashish uchun avtomashinalar uchun yonilg`ilar sifatini yaxshilash va yuk mashinalari tomonidan havoga tashlanadigan gazlar ustidan nazorat o`rnatilishi ham kerak.
Pekinda havoning ifloslanishi muntazam ravishda keskin darajaga etmoqda. Oktyabr oyida poytaxt ma`muriyati havo sifati yomonlashgan paytda yo`llardagi mashinalar sonini ikki
baravarga qisqartirishi haqida e`lon qilgandi. Unga ko`ra, juft kunlari shahar ko`chalariga ro`yxat raqami faqat juft raqamga tugaydigan avtomobillar chiqishi, toq kunlari esa toq raqamli mashinalar chiqishi ruxsat etiladi. Bundan tashqari, havo sifatini yaxshilash maqsadida Pekin ma`muriyati shu yil yanvar oyida qurilishlardagi ishlarni to`xtatib, korxonalardagi ishlab chiqarishni qisqartirish haqida qaror chiqargan.