AsosiySport

FIFA 2018 YIL OXIRIGAChA O`ZBEKISTON FUTBOLIGA 3,5 MILLION AQSh DOLLAR O`TKAZIB BERADI

'FIFA 2018 YIL OXIRIGAChA O`ZBEKISTON FUTBOLIGA 3,5 MILLION AQSh DOLLAR O`TKAZIB BERADI'ning rasmi

O`zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgani haqida xabar bergandik.

FIFA qarorgohida bo`lib o`tgan muzokaralar yakuniga ko`ra, FIFA 2018 yilning oxirigacha O`zbekiston futboliga 3.5 million AQSh dollari, 2019 yilda esa yana 1.5 million dollar O`FF hisobiga o`tkazib beriladi.

Futbol Federasiyasining barcha turdagi faoliyatini, ayniqsa, moliyaviy jihatdan shaffoflashtirish bo`yicha yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid Ahmadjonov FIFA rahbari bilan “Forvard” loyihasi bo`yicha muzokaralar olib bordi.

“Bu pullar qaerdan keladi?” degan savolga O`FF matbuot xizmati FIFAga yangi prezident bo`lib saylangan Kongressda Janni Infantino tomonidan so`zlangan nutqni javob tariqasida keltirdi.

“Meksikada bo`lib o`tgan Kongressda Infantino FIFAning daromadi unga a`zo federasiyalarga taqsimlab berilishi kerakligini baralla aytgan edi. Ana shu gaplarning isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyiha doirasida FIFAga a`zo har bir federasiya, shu jumladan O`zbekiston ham, 4 yil muddatga 5 million AQSh dollari miqdorida pul oladi. Bu pullar FIFAning “Forvard” loyihasi reglamentida aytib o`tilganidek federasiyaning ishini yuritish, ma`muriy boshqaruv ishlari, shuningdek, terma jamoalar, Respublika miqyosidagi musobaqalarni o`tkazish, veb-sayt ishlarini takomillashtirish kabi alohida belgilab qo`yilgan ishlarga sarflanishi kerak.Amaliy ishlar tugagach, FIFA 5 million AQSh dollarini 4 yil ichida o`rnatilgan tartibda federasiyalarga audit asosida o`tkazib beradi.”

Alohida ta`kidlash kerakki, Umid Ahmadjonovning FIFA bilan muzokaralari natijasida maxsus loyihalar uchun FIFA bilan 2017-2018 yilgi davrga 1,5 million AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolanadigan bo`ldi. Ahmadjonovning topshirig`i asosida Toshkentda ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo`yicha ishchi guruhi tuzilib, unga belgilangan muddat ichida barcha xujjatlarni Syurixga yuborish vazifasi birlamchi qilib qo`yildi. Bundan tashqari 2016 yilgi maxsus loyihalar uchun o`z hisobidan mablag` ishlatib turgan O`FFga harajatlarni qoplash maqsadida 1 million AQSh dollarini o`tkazib beriladigan bo`ldi. Janni Infantino kelgusida FIFAning futbolni rivojlantirishga yo`naltirilgan moliyaviy grant dasturlarida O`zbekistonning faol ishtirok etishiga umid bildirdi.

Umid Ahmadjonov va Janni Infantino o`rtasidagi suhbatda FIFAning “Gol-4” loyihasi bo`yicha O`FFning hisob raqamiga o`tkazilishi kerak bo`lgan mablag`larni kechiktirmasdan olish, milliy terma jamoaga avtobus sotib olish uchun ajratiladigan mablag`ning miqdorini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

“Gol-4” loyihasi FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter davridagi rivojlantirish loyihalarining oxirgisi bo`lib, uning doirasida O`zbekiston Futbol Federasiyasiga 500,000 AQSh dollari miqdorida mablag` beriladi.Bu pullarning bir qismi allaqachon O`zbekiston Futbol Federasiyasi binosini qayta ta`mirlash uchun ishlatilgan. Qolgan qismi esa milliy terma jamoaga yangi avtobus sotib olish uchun sarflanadi. Shu tariqa O`FF FIFAning “Gol” loyihalaridagi ishtirokini tamomlaydi.

“Biz O`zbekiston Futbol Federasiyasining faoliyatini shaffoflashtirish orqali ishqibozlarning mamlakatimiz futboliga bo`lgan hurmat va e`tiborini, ishonchini qaytarishni maqsad qildik. Federasiya endilikda, barcha turdagi faoliyatlar, shu jumladan, moliyaviy operasiyalar haqida vaqti-vaqti bilan hisobot berib turadi”, - deydi Umid Ahmadjonov Infantino bilan uchrashuvdan keyin O`FF matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

    Boshqa yangiliklar