Kun davomidagi a`lo kayfiyatingizni ta`minlolmasligingizning sababi, bu — o`zingizga omadsizman, degan tamg`ani bosganingizdadir. Sizning omadsizligingizga taqdir yo biron inson sababchi bo`lmaydi. Bunga faqat va faqat o`zingiz aybdorsiz! Nega deysizmi? Chunki «Omadsizman» deb qo`l qovushtirib o`tiribsiz-da! Quyidagi kamchiliklaringizni bartaraf qilsangiz, albatta, omad qushi sizni chetlab o`tmaydi.
1. Hayotda aniq maqsadingiz yo`q. Agar hech narsaga xohish bo`lmasa, qanday natijaga erishish mumkin?
2. Fe`l-atvordagi nuqsonlar. Boshqalarga yoqimli bo`lish uchun o`zingizdagi qaysidir odatdan voz kechishni istamaysiz.
3. Ichki tartib va xohish kuchining yo`qligi. Axir "o`zingni enga olmasang — o`zingga engilasan".
4. Oyning yorug` bo`lgan o`n beshini kelishini kutib o`tiraverish kishini boshi berk ko`chaga kiritib qo`yadi.
5. Kasbni noto`g`ri tanlash.
6. Sabrsizlik. Boshqalarning fikri bilan hisoblasha olmaslik.
7. Omadsizlik va tanqiddan juda qo`rqish yoki o`ta ehtiyotkorlik.
8. Fikrlashda erkinlik yo`qligi.
9. O`z omadsizliklarida boshqalarni va taqdirni ayblash odati.
10. Isrofgarlik. Pul ishlatishni bilmaslik.
11. Ichki quvvatni tiklashni va sarflashni bilmaslik.
12. Yaxshilab o`ylab olish, zarur faktlarga befarqlik. Tahlil o`rniga bashorat qilib o`tirish.
13. Hammasiga birdan erishish istagi.
14. Nosog`lom muhit va uning yomon ta`siri.
Manba:
«SUG‘DIYONA» gazetasi.