1

EuroNews Buxoro haqida ko`rsatuvlar namoyish etmoqda

Jamiyat 29.11.2013, 13:21
EuroNews Buxoro haqida ko`rsatuvlar namoyish etmoqda
27 noyabrdan 3 dekabrgacha Evropadagi eng ommabop yangilik telekanali — EuroNews “Buxoro: zamonaviy sayohatchilar uchun Buyuk Ipak yo`li mehmondo`stlik an`analari” deb
nomlangan teledasturlar ketma-ketligi namoyish etiladi.


Unda O`zbekistonning tarixiy merosi va sayyohlik salohiyatiga bag`ishlangan axborot dastur namoyish etiladi. “Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, ushbu turkum ko`rsatuvlarning “Buxoro: mo`jizalar shahri” deb nomlangan ilk sonida shahardagi tarixiy obidalar, xususan, Buxoroning eng baland nuqtasi — Minorai Kalon hamda “qaysi burchakdan yoritilishiga qarab, rang va qiyofasini o`zgartiruvchi” Somoniylar maqbarasi namoyish etildi.

Bundan tashqari, shaharning buyuk siymolari qatorida Abu Ali ibn Sino va Naqshbandiy bilan bog`liq tarixiy ma`lumotlar ham tilga olindi. Ibn Sinoning nafaqat tibbiyot, balki pazandachilik sohasidagi xizmatlari ham e`tirof etilarkan, mavzu Buxoroning mehmondo`stlik an`analariga ulanib ketdi.

Muallif ko`rsatuv so`nggida dasturning keyingi sonida mashhur o`zbek palovining tayyorlanishi haqida ma`lumot berishini aytib o`tdi. Eslatib o`tamiz, telekanalda bundan avval “Samarqand: Buyuk Ipak yo`li xazinasi” nomli videolavha namoyish etilgan, unda Samarqand manzaralari aks etgan bo`lsa-da, asosan, shahar tarixiga to`xtalib o`tilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1