1

O`smir har hafta 2,5 santimetrga o`smoqda

Dunyo 29.11.2013, 14:30
O`smir har hafta 2,5 santimetrga o`smoqda
Britaniyaning Stokton shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshli Josh Gott kamdan-kam uchraydigan kasallikka uchragan.

Uning bo`yi harhafta 2,5 santimetrga o`smoqda. Shifokorlar nima qilishni bilmayapti, o`smirning onasi esa unga kiyim olishga qo`rqmoqda, chunki Josh har kuni o`zgaryapti. Ekspertlar hamma gap genetikada deb hisoblamoqda, deya xabar beradi “Daily Mail”.

Onasining so`zlariga ko`ra, Josh 11 yoshga to`lganidan keyin tez o`sa boshlagan. Ayol o`g`liga nima
bo`layotganini tushunmagan va shifokorlarga murojaat qila boshlagan. Biroq ular buni organizmdagi gormonal o`zgarishlar bilan izohlab, buning qo`rqinchli joyi yo`qligini aytgan. Hozir yigitchaning bo`yicha 2,07 metrni tashkil etadi. Ota-onasining bo`yi esa undan kamida yarim metrga past.

Uzoq qidiruvlardan so`ng yigitning onasi Nyukasldagi tibbiy markaz ekspertlariga murojaat qiladi va ular o`smir bilan nima yuz berayotganini aniqlaydi. Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra, hamma gap xromosomalardagi kichik buzilishda ekan. Biroq tibbiyot xodimlari ushbu kasallik nimalarga olib kelishini, eng asosiysi esa, undan qanday xalos bo`lish mumkinligini bilmayapti. Ularning fikricha, Josh kun emas, soat sayin o`sayotgan sayyoradagi yagona inson hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1