1

10 oyda 11 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi

Jamiyat 29.11.2013, 14:54
10 oyda 11 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida [url=http://prokuratura.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=591%3A-----l--r&catid=36%3A2012-04-16-08-07-28&lang=oz]“Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi qonun ijrosini tekshirish natijalari muhokama qilindi.
 

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oliy Majlis Senati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo`yicha Milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo`mitalari, Kasaba uyushmalari Federasiyasi, Savdo-sanoat palatasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Idoralararo yig`ilish bo`lib o`tdi.
 
Yig`ilishda “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonun ijrosini vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, hokimliklar, shuningdek o`zini o`zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlarda o`tkazilgan tekshirish natijalari muhokama qilindi.
 
Shu bilan birga, yig`ilish jarayonida ayrim davlat hokimiyati va boshqaruvi, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi hamda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan yo`l qo`yilgan qonun buzilishi holatlari keskin tanqid ostiga olindi.
 
Tekshirishda murojaatlarni qonunda belgilangan muddatlarda yoki asossiz ravishda ko`rib chiqmaslik, ko`rib chiqish natijalari to`g`risida yozma shaklda xabar bermaslik, qonuniy talablarni asossiz rad etish kabi boshqa ko`plab holatlar aniqlanganligi qayd qilindi.
 
Prokuratura organlari tomonidan 2013 yilning 10 oyida yo`l qo`yilgan fuqarolarning huquqlarini buzilishi holatlari bo`yicha 4323 ta prokuror nazorati hujjatlari qo`llanildi, shundan 4011 nafar mansabdor shaxslar intizomiy yoki ma`muriy javobgarlikka tortildi, qo`pol qonun buzilishi holatlari bo`yicha esa 44 ta jinoyat ishlari qo`zg`atildi.
 
Prokuratura organlari tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunning davlat organlari tomonidan ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini bevosita ko`rib chiqish, ularning huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari ko`rilmoqda.
 
Jumladan, prokuratura organlari tomonidan joriy yilning 10 oyida 123 mingdan ziyod fuqarolarning murojaatlari ko`rib chiqilishi natijasida 11 minga yaqin fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi.
 
Shuningdek, yig`ilishda sohaga ma`sul davlat organlari fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqilishi ustidan tizimli idoraviy nazoratni kuchaytirishi va ularning qonuniy huquqlarini buzilishiga sabab bo`lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko`rishi zarurligi qayd qilib o`tildi.
 
Idoralararo yig`ilish natijasiga ko`ra, kelgusida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash ahvolini yanada yaxshilash, ushbu sohada nazoratni kuchaytirish xususidagi qaror qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1