AsosiyHi-tech

MA`LUMOT ALMAShISh UChUN TEZKOR DASTURLAR

'MA`LUMOT ALMAShISh UChUN TEZKOR DASTURLAR'ning rasmi

Bugungi kunda har daqiqada yangi-yangi das­turlar ishlab chiqilmoqda. Masalan, kerakli ma`lumotni dunyoning istalgan nuqtasiga elektron pochta orqali qisqa muddat ichida yuborishingiz mumkin. Agar o`sha siz ma`lumot yubormoqchi bo`lgan kishi shundoq oldingizda bo`lsa-chi? Albatta Bluetooth orqali deb javob bermoqchimisiz? Siz undan-da tezkor va undan-da ishonchli dasturlardan foydalanishni xohlaysizmi? Bu kabi juda tezkor va sifatli das­turlar bormi deysizmi? Ha, bor. Ular Bluetooth dasturidan 100 marta va undan-da tez ishlaydi. Shu kabi dasturlar bilan tanishtiramiz...

Zapya. Ma`lumotlarni uzatish uchun mo`ljallangan bo`lib, Android, iPhone/iPad, Windows Phone/ kompyuterlar va Mac kabi uyali aloqa vositalari va kompyuterlar uchun mo`ljallangan.
■ Hech qanday internet sozlamalarisiz va WiFisiz foydalanasiz.
■ Ma`lumotlarni yuborish uchun uzatish moslamasi, ya`ni USB kabel ishlatmaysiz.
■ Turli xil uyali aloqa vositalari, kompyuterlar bilan ham o`zaro ma`lumot almashina oladi. Masalan, Android va iPhone yoki Kompyuter va Android uyali aloqa vositalari bilan hech qanday muammosiz ishlaydi.
■ Ma`lumotlar uzatish tezligi Bluetooth dasturidan 200 marta tez va sifatli.
■ Bu dastur bilan ma`lumotni bir vaqtni o`zida yana 6 ta uyali aloqa vositasi va 64 tagacha kompyuterlarga qiyinchiliksiz uzata oladi.
Bepul yuklab olish uchun: http://top-android.org/programs/8437-zapya-pereda4...
Hajmi yangi 3.7.1, versiyasi 7.5 MB.

AirDroid — Android on Computer. Kompyuter va uyali aloqa vositalari o`rtasida qo`shimcha qurilmalarsiz ma`lumot almashish uchun mo`ljallangan.
■ Android tizimidagi uyali aloqa vositalari, kompyuter va Planshetlar uchun mos keladi.
■ SMS, qo`ng`iroqlar tarixi, turli dasturlarni yubora oladi.
■ Android uyali aloqa vositalari orqali komp­yuterlarga WhatsApp, WeChat, Line kabi dasturlarni almashish imkoniyati mavjud.
Bepul yuklab olish http://airdroid.ru.uptodown.com/android .
Umumiy hajmi: 16.53 MB.

Xender Ma`lumotlarni telefondan telefonga yoki kompyuterga o`tkazishingiz mumkin.
■ USB kabellari shartmas. Xender das­turining 3.1.0304 versiyasini quyidagi linkdan http://trashbox.mobi/files30/570283/cn.xender-217.... yuklab olish mumkin.
■ Xender dasturidan foto, video, fayllar, das­turlarni chek­lovlarsiz yuborish mumkin.
■ Bu dastur bir vaqtni o`zida 4-x va undan ko`proq foydalanuvchilar bilan bir vaqtni o`zida bog`lana oladi.
■ Dastur ingliz, arab, Xitoy, nemis, hind, indonez, yapon, koreys, portugal, rus va ispan tillarini o`z ichiga oladi.

WiFi File Transfer Dastur Android qurilmalariga mo`ljallangan
■ WiFi bilan uzviy bog`liqlikda ishlaydi. USB kabel shart emas.
■ Qabul qilingan yoki yuborilgan ma`lumotlarni parollab qo`yish ham mumkin.
■ Musiqa, video, rasm va turli kattalikdagi ma`lumotlarni osongina jo`nata oladi.
■ Qabul qilingan ma`lumotlarni o`sha zahotiyoq ko`rish imkoniyati mavjud.
Yuklab olish: http://wifi-file-transfer.ru.uptodown.com/android/...



    Boshqa yangiliklar