29.11.2013 17:34
Xitoy ko`mir shaxtalarini yopmoqchi
Ushbu islohotlar doirasida uncha katta bo`lmagan shaxtalarni yopish ko`zda tutilgan.
Shu bilan birga,sifati yuqoriroq bo`lgan ko`mir importini kuchaytirish uchun tariflar stavkasini o`zgartirish ham rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi hukumat sayti. Ushbu choralar “jadal o`sib borayotgan ko`mir qazib olish sur`atini sekinlashtirish”ga qaratilgan bo`lib, bu ko`mir narxlarining tushishiga va ko`riladigan zararning oshishiga turtki bo`ladi.
Shu tariqa, har yiliko`pi bilan 90 ming tonna ko`mir qazib olayotgan shaxtalar asta-sekin yopiladi. Bundan tashqari, nafaqat xavfli ko`mir shaxtalari, balki noqonuniy qurilgan yoki
belgilangan hajmlarni oshirib yuborgan ko`mir shaxtalari ham o`z faoliyatini
to`xtatadi.
Shu bilan birga, hukumat qonunbuzarlar uchun jazoni ham qat`iylashtirmoqda, ularga nisbatan qanday jazo chorasi ko`rilishi keyinroq e`lon qilinadi.