AsosiySPORT

Ibragimovich: “Oltin to`p”ni Ronalduga beringlar

Evropa futbol olamida poyoniga etayotgan mavsumda kimni eng yaxshi futbolchi deb tan olish...

Evropa futbol olamida poyoniga etayotgan mavsumda kimni eng yaxshi futbolchi deb tan olish va unga “Oltin to`p”ni topshirish borasida bahs-munozaralar davom etmoqda.

Ushbu nomga da`vogarshvesiyalik superhujumchi Zlatan Ibragimovich “Oltin to`p”ni Krishtianu Ronaldu oladimi yoki Frank Riberi – unga baribir ekanini bildirgan. “PSJ” forvardi o`zi
dunyodagi eng yaxshi o`yinchi ekaniga ishonchi komil. “Men eng yaxshi ekanligimni bilishim uchun “Oltin to`p”ni olishim shartmas. Balki u boshqa o`yinchilar uchun muhimdir, ammo men uchun emas. Men bunday narsalar haqida o`ylamayman”, - deya iqtibos keltiradi futbolchining so`zlaridan “Interfaks” agentligi.

Qayd etib o`tamiz, 9 dekabr kuni FIFA so`rov davomida eng ko`p ovoz olgan uchta (OAV ma`lumotlariga ko`ra – beshta) nomzodning nomini e`lon qiladi. “Oltin to`p” sohibining nomi esa murabbiylar va milliy terma jamoalar sardorlari hamda FIFA tomonidan taklif etilgan matbuot vakillari orasida o`tkaziladigan ovoz berish yakunlari bo`yicha 13 yanvar kuni Syurixda bo`lib o`tadigan tantanali marosim chog`ida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar