AsosiyHi-tech

TALABGA MOS TAKLIF

'TALABGA MOS TAKLIF'ning rasmi

Texnologiyalar rivojlangan sari insonlarning talabi ham shunga qarab o`zgarib boradi. Yaqinda ixtirochilar insonlar uchun yangi qurilmani ishlab chiqishdi. Bu HUSHME deb nomlandi. Suratini ko`rib “g`alati qurilma ekan” deb o`ylashingiz tabiiy hol albatta, lekin bu juda foydali qurilma...

Siz bu qurilma orqali ovozli chat, telefonda suhbatlashishda foydalanishingiz mumkin. Og`iz qismiga qo`yilgan HUSHME qurilmasi sizning gaplaringizni suhbatdoshingizga yuboradi. Sizning gaplaringizni yoningizdagilar eshitishmaydi va bu bilan siz ularga xalaqit bermaysiz. HUSHMEga ulangan quloqchin bilan esa suhbatdoshingiz gaplarini eshitishingiz mumkin bo`ladi.

Hozircha ixtironing faqat bittagina namunasi mavjud. Lekinixtirochilar buning afzalliklarini yanada ko`paytirish va boshqa funksiyalarni qo`shayotganliklarini aytishmoqda. G`oya mualliflaridan birining so`zlariga ko`ra, HUSHME endi faqat ovozli chat va suhbatlarda emas, balki yozishmalarda ham asqotishi mumkin.

Qurilmani telefon yoki kompyuterga ulagan holda siz gapirgan gaplaringiz va so`zlaringiz telefon yoki kompyuterda “matn” shaklida yozilib boradi. Bu imkoniyat esa hozircha faqat qurilmaga o`rnatilgan tillardagina mavjud, deya ta`kidlashmoqda. Qurilmaning birinchi avlodi yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi va uning narxi 200 dollar ekanligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar