AsosiyDunyo

“Asr kometasi” Quyosh bilan yaqinlikka bardosh berolmadi (VIDEO)

Quyoshga yaqin masofaga yaqinlashish ISON kometasi uchun halokatli bo`ldi.

Astronomlarning ma`lumotlariga ko`ra, Quyoshdan million kilometr uzoqlikda uchib o`tar ekan, kometa muz parchalari va changdan iborat bulutga aylangan. Teleskoplar kometaning bug`lanayotgan ulkan sharga aylanishini qayd etgan.

Olimlar kometa Quyoshga bu darajada yaqinlashib, “tirik” qolmasligini, biroq uning intihosi bu darajada tez bo`lishi kutilmagan holat bo`lganini aytmoqda. Agar kometa uzoqroq “yashaganida”, biz uni Erdan turib hatto teleskoplarsiz ham ko`rishimiz mumkin bo`lardi. Quyosh nuri va haroratidan to`yingan kometaning dumi shu darajada yorqin bo`lardiki, uni hatto kunduzi ham ko`rishning imkoni tug`ilardi. 

Qayd etib o`tamiz, yonib ketgan kometaning diametri qariyb ikki kilometrni tashkil etgan. U bir yil oldin Kislovodskda joylashgan teleskop yordamida aniqlangan edi. Kometa Quyoshga yaqinlashgunga qadar 5,5 million yil sayohat qilgan.

Bu orada, boshqa olimlar kometa yoki hech bo`lmaganda, uning bir qismi Quyosh bilan yaqinlashishga chidash bergan deb hisoblamoqda. Oldiniga ular muz va kosmik changdan iborat ulkan shar parchalanib ketdi, degan fikrda edi, chunki Quyoshga yaqinlashganidan keyin u deyarli ko`rinmay qolgandi.

Ammo oxirgi fotosuratlarda kometaning uncha katta bo`lmagan parchasi bo`lishi mumkin bo`lgan
narsa aks etgan. Astronomlar hayron va xursand ekanliklarini tan olyapti. Ularning so`zlariga ko`ra, kometa parchasi o`chishi ham, yanada yorqinroq chaqnashi ham mumkin.

    Boshqa yangiliklar