O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VAZIRI TATARISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI BILAN UChRAShDI

Madaniyat 26.09.2017, 10:43
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VAZIRI TATARISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI BILAN UChRAShDI

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev o`rtasida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

Madaniyat vazirligining xabar berishicha, uchrashuv doirasida Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi elchisi Vlalimir Tyurdenev, Butunjahon tatar kongressi ijroiya raisi Rinat Zakirov hamda tatar jamoatchilik tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdilar. Uchrashuvning ochilish qismida kirish so`zi bilan boshlagan Toshkentdagi tatar madaniy-ma`rifiy jamoatchilik markazi direktori Rishat Nabiullin O`zbekistonda tatar madaniyatini rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, hozirgi vaqtda O`zbekiston poytaxtida 100 mingdan ortiq hamda, Respublika miqyosida bu ko`rsatkich 280 mingdan ortiq tatarlar istiqomat qilishini aytib o`tdi.

Uchrashuvda Tatariston Respublikasi kunlarini har yili o`tkazish taklifi berildi. Bugungi kunda respublikamizda 137 ta madaniy markazlar va 7 ta hamdo`stlik uylari faoliyat yuuritayotganligini ma`lum qildi. Tatariston Prezidenti tomonidan fan, ta`lim, ishlab chiqarish, madaniyat va san`at sohasida hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha takliflar ilgari surildi.

Rasmiy uchrashuvda ikkala tomon madaniyat va san`at sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Tatariston Prezidenti O`zbekiston hukumatiga respublikamizda yashab kelayotgan tatarlarning hamma taraflama qo`llab quvvatlanishida hukumat rahbariga o`z minnatdorchiligini bildirdi. Baxtiyor Sayfullaev ochilish marosimida so`zlagan nutqida hammani muborakbod etib, bu kabi do`stona aloqalar bardavom bo`lishini tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1