30.11.2013 17:35
Baxtli bo`lish uchun qancha pul kerak?
Aytish joizki, olimlar mutlaqo aniq javob olganlariga ishonchi komil. Tadqiqot natijalariga ko`ra, hozirgi zamonda baxtli bo`lish uchun odamga 35,5 ming AQSh dollaridan iborat yillik daromad kerak ekan.
Tadqiqot ishtirokchilaridan biri professor Ejenio Protoning aytishicha, odamning daromadi oshgani sayin, ko`rsatilgan miqdordagi pulga ega bo`lish baxtiga erishgunga qadar, uning ruhiy holati ham yaxshilanib boradi. Biroq, mutaxassisning fikricha, daromadlarning keyingi o`sishi vaziyatni faqat yomonlashtiradi, xolos. Bu odamdagi talablarning o`sishi bilan bog`liq bo`lib, u baxtiyorlik holatini ildizi bilan yo`qotar ekan.
Shu o`rinda, amerikalik va britaniyalik olimlar tomonidan e`lon qilingan summani uzil-kesil deb aytib bo`lmasligini qayd etish kerak. Xususan, bir yil oldin, amerikalik boshqa olimlar guruhi insonga baxtli bo`lishi uchun oyiga kamida 6000 dollarlik daromad zarurligini ta`kidlagan edi. Bu yiliga 72 000 dollarni tashkil etadi, ya`ni baxt chegarasi ikki baravar ko`p bo`lib chiqmoqda.
Jahon bankining 2013 yil 1 iyul holati bo`yicha Birlashgan Arab Amirliklarini oxirgi tadqiqotda tilga olingan baxtga eng yaqinlashgan mamlakat deb aytish mumkin. bu erda aholi
boshining o`rtacha yillik daromadi 36 040 dollarni tashkil etadi.