Bu mazkur sohadagi eng so`nggi robot bo`lib, logistika muammolarini hal etishga yo`naltirilgan...
Robot barcha iste`molchilar uchun tovarlarni tez va sifatli darajada etkazib beradi. Uning yaratuvchilari Janus Fris va Axti Xeyn robotni yanada takomillashtirish ustida ishlab ixtiroga yangi Skype dasturi funksiyasini qo`shishga muyassar bo`lishdi. Bu esa robot afzalliklarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Robot ixtirochisi Axti Xeyn ixtiro haqida shunday deydi:
— Biz ikki yil oldin robot texnikasi sohasida yangilik qilishni hamda hozirda mavjud kichik yuklarni tez va sifatli etkazib berish muammosini bartaraf etishni o`z oldimizga maqsad qilgandik. Nihoyat bu maqsadga erishdik, deb o`ylayman.
Robot uzoqdan xabar beruvchi tizim, iste`molchilar onlayn ro`yxati hattoki, audiokolonka hamda maxsus dasturiy ta`minot bilan jihozlangan. Unga yo`llardagi mavjud to`siqlar haqida sensorli monitor xabar berib boradi va albatta yo`llar bo`ylab xavfsiz va ravon harakatlanishi uchun GPS xavfsizlik kamerasi ham o`rnatilgan. Axti Xeynning ta`kidlashicha, robot yaqin kelajakda Britaniya ko`chalari bo`ylab harakatlanadi.





