NAMANGANLIK O`QUVChILAR ISPANIYaDA O`TGAN MUSIQIY FESTIVALDA SOVRINLI O`RINLAR OLIShDI

Madaniyat 27.09.2017, 10:10
NAMANGANLIK O`QUVChILAR ISPANIYaDA O`TGAN MUSIQIY  FESTIVALDA SOVRINLI O`RINLAR OLIShDI

Ispaniyaning Lloret-de-Mar shahrida 17-23 sentyabr kunlari bo`lib o`tgan “Sea Sun Festival” ("Dengiz, quyosh, festival") nomli xalqaro festival-tanlovda qatnashchilar xoreografiya, raqs san`ati, cholg`u ijrochiligi, xonandalik, tasviriy va amaliy san`at, video va fotoijodiyot, modalar teatri kabi yo`nalishlar bo`yicha o`z mahoratini namoyish etdi.

Unda AQSh, Bolgariya, Ozarbayjon, Rossiya, Gruziya, Slovakiya, Litva, Qozog`iston kabi 12 davlatdan ko`plab iqtidorli o`quvchilar ishtirok etdi. Mazkur ijodiy bellashuvda Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san`at maktabining o`quvchilari Gulshoda Halimjonova va Shirin Nabieva fortepiano bo`yicha 1-o`rinni qo`lga kiritdi. Shu maktabda bilim olayotgan Ahrormirzo Rahmonov skripka ijrochiligi bo`yicha 2-o`ringa munosib topildi. Yangiqo`rg`on tumanidagi 17-bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchisi Muhriddin Akramov mis puflama soz – truba ijrochiligi bo`yicha 2-o`ringa sazovor bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1