AsosiyJamiyat

Din ishlari qo`mitasi raisi Vatikan Nunsiyi bilan uchrashdi

Din ishlari bo`yicha qo`mitada qo`mita raisi Ortiq Yusupovning Vatikan Nunsii Ivan Yurkevich bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
 
Uchrashuv chog`ida Yurkevich O`zbekiston Respublikasi Hukumatiga, barcha diniy tashkilotlar qatori Katolik cherkoviga ham ahamiyat ko`rsatilayotgani, diniy va milliy bag`rikenglik borasida olib borilayotgan ishlar uchun o`z minnatdorchiligini bildirib, ularni yuqori baholadi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati xabar qoldirgan.
 
Shuningdek, Katolik cherkovi boshqa diniy tashkilotlar qatorida diniy va milliy bag`rikenglik masalasida o`z hissasini qo`shishga muvaffaq bo`layotganidan o`z mamnunligini izhor etdi.

O`z navbatda qo`mita raisi Ortiq Yusupov ham Vatikan Nunsiyiga O`zbekistondagi Katolik cherkovining faoliyatini faol ekanini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar