2018 yilda Evropa Ittifoqida hamma yangi avtomobillar yo`l-transport hodisalari uchun yangi avtomatik xabar tizimi «ECall» bilan jihozlanadi...
Sloveniyada bu tizim tez va qulay deb topildi. Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida bu tizim Sloveniyada birinchi bor sinovdan o`tkazildi va yaxshi samaralarga erishildi. “ECall” bu oddiygina mashinada o`rnatilgan maxsus qurilma. Havo yostig`i shishsa yoki avtomobil tezligi keskin o`zgarishi bilan, shuningdek, biror voqea sodir bo`lgan taqdirda “ECall” avariya tizimi ishga tushadi hamda “Qaysi turdagi yoqilg`idan foydalanilgan?”, “Avtomobilning rusumi qanaqa?”, “Qancha yo`lovchi mavjud?”, “Voqea qaerda yuz berdi?” kabi savollarga javob beradigan ma`lumotlarni “ECall” markaziga tezkorlik bilan yuboradi.
Mutaxassislar “ECall” qurilmasini haydovchi o`rindig`i ostida, masalan, eski rusumdagi avtomobillar o`rindig`i yonida o`rnatilishi mumkin,deya ta`kidlashmoqda. “ECall” qurilmasining narxi borasida hali bir to`xtamga kelingani yo`q, ammo ixtirochilar tomonidan uning hamyonbop bo`lishi va`da qilinmoqda.
Haydovchilar va huquq tartibot vakillarini qurilmaning ma`lumotlarni markazga to`g`ri yoki aksincha noto`g`ri yuborishi xavotirga solmoqda. Ammo ishlab chiqaruvchilar bunday xavotirga hojat yo`qligini e`tirof etmoqda.
Mariya RIMAS, Xorvatiya avtomobil klubi texnik yordam rahbari:
— Qurilmaning asosiy maqsadi shuki, u odamlarni qutqarish uchun yaratildi. Evropa Ittifoqi “ECall” loyihani amalga oshirish orqali yiliga 2000 dan ortiq odamlarni qutqarish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Evropa komissiyasiningma`lumotlariga ko`ra, dastur orqali voqea sodir bo`lgan paytda olamdan o`tganlar soni asta-sekin kamayishiga erishilgan.






