3,5 km balandlikda yuz bergan voqeani sportchilarning shlemiga o`rnatilgan kameralar qayd etgan. Hammasi sakrashga tayyorgarlik paytida sodir bo`lgan. Biroz balandroqda uchayotgan “Sessna” samolyoti ikkinchisining ustiga qulagan, parashyutchilar uning zarbasidan tashqariga
otilib ketgan.
Samolyotlardan biriqanotini yo`qotgan va yonib ketib erga qulagan. Uchuvchi parashyutda sakrashga ulgurgan. Ikkinchi samolyotning uchuvchisi esa apparatni erga muvaffaqiyatli qo`ndirishga muvaffaq bo`lgan. Eng qizig`i, halokat paytida hech kim jiddiy jarohatlanmagan. Parashyutchilarning hammasi tajribali bo`lib, favqulodda vaziyatda o`zini yo`qotib qo`ymagan.