1

​ALIShER USMONOV HOMIYLIGIDA A.P.ChEXOV NOMIDAGI MOSKVA BADIIY TEATRI TOShKENTDA GASTROL SAFARI BOShLANADI

Madaniyat 28.09.2017, 12:26
​ALIShER USMONOV HOMIYLIGIDA A.P.ChEXOV NOMIDAGI MOSKVA BADIIY TEATRI TOShKENTDA GASTROL SAFARI BOShLANADI

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Rossiya Madaniyat vazirligi o`rtasidagi hamkorlik davom etadi. Toshkent ikkinchi bor katta masshtabdagi Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligining "Katta gastrollar. Xorijiy dastur” gastrol faoliyatini qo`llab-quvvatlash Federal markazi loyihasida qatnashmoqda. Poytaxtda eng yaxshi teatrlar ishtirokida teatr mavsumini ochish yaxshi an`anaga aylanmoqda. Eslatib o`tamiz, o`tgan yili “Katta gastrollar“ loyiha doirasida Maly teatr mehmon bo`lgandi. Bu yil esa – biz yana bir ijodiy “grand” – Chexov nomidagi Moskva Badiiy Teatri bilan tanishamiz.

2017 yilning 29 sentyabridan 2 oktyabrigacha “Gastrol faoliyatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha Federal markazi Xorijiy dasturi”ning loyihasi doirasida O`zbekiston Akademik rus drama teatri sahnasida A.P.Chexov nomidagi gastrol safari bo`lib o`tadi. Gastrol safari Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi Gastrol faoliyatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha Federal markazi tomonidan hamda asosiy homiy - Alisher Usmonovning “San`at, ilm, sport” xayriya Fondi ko`magida tashkil qilinmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi rasmiy sayti.

Chexov nomidagi Moskva Badiiy Teatri – Rossiyaning eng mashhur teatridan biridir. U 1898 yil K.S.Stanislavskiy va V.I.Danchenko tomonidan tashkil qilingan. Teatr “Ermitaj” binosida ochilgan., 1902 yildan to hozirga qadar Kamergerskiy tor ko`chasidagi sobiq Lianozovskiy teatri binosiga ko`chirildi. 1919 yildan Akademik teatr unvonini oldi (MBAT). 1943 yili Badiiy teatr qoshida oliy o`quv yurti – Vl.I. Nemirovich-Danchenko nomidagi MBAT Maktab-studiyasi ochildi va bir necha atoqli aktyorlar, rejissyorlar va teatr rassomlari avlodi etishib chiqdi. Oleg Efremov vafotidan so`ng (2000 y), Chexov nomidagi Moskva Badiiy Akademik Teatriga Oleg Tabakov boshchilik qildi. 2004 yil teatrdan Akademik nomi olinib, qaytadan ilk - Moskva Badiiy Teatri (MBT) nomiga qaytdi. MBT Rossiya va xorijning etakchi teatr rejissyorlarini jalb qilish maqsadida repertuatlarni yangilash va zamonaviy teatr san`atining yangi shakllarini izlash bo`yicha ish boshladi. MBT Rossiyaning qadimiy teatrlaridan biri bo`lib, hali hanuz etakchi yangilik yaratuvchi teatrlardan hisoblanadi.

Gastrol doirasida 2 ta spektakl namoyish etiladi: 29-30 sentyabr kunlari Sergey Puskipalis rejissyorligidagi, Evgeniy Grishkoves va Anna Matison muallifligidagi “Dom”, 1-2 oktyabr kunlari Evgeniy Grishkoves muallif va rejissyorligidagi “Ves” spektakli.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1